Tushda Tishlar korsa/ Тушда Тишлар корса

T

Tishlar

Tishlar xayotiy quvvat, kechinmalar timsolidir. Tushingizda tishingizni qanday sug’urayotganliklarini ko’rish — o’ngda yaqinlaringizdan birini yo’qotishdan qo’rqayotganingiz belgisidir. Agar tushingizda tishingiz tushib ketsa — demak, sizning -beparvoligingiz va harakatsizligingiz maqsadingizni amalga oshirishga xalaqit berayapti. Tushda chirigan va yemirilaetgan tishlarni ko’rish — kasalliklarni, sog’likda muammolar paydo bo’lishlikni bildiradi. Og’zingazda tish o’rnida bo’shliqlar borligi tushingizda ko’rinsa — bu hayotiy quvvatni yo’qotib, erta qarishdan ogoh etadi. Og’riyotgan tish tushga kirsa — bu sizning shaxsiy muammolar bilan shug’ullanishingiz kerakligidan xabar.