Tushda Kuzgu korsa/ Тушда Кузгу корса

K

Kuzgu

Kuzgu — ikkiyuzlamachilik, sirlarning alomatidir. Tushda o’zingizni tasviringizni oynada ko’rsangiz — bu kutilmagan xabar olishingizdan dalolat. Agar siz tushingizda oynani sindirib qo’ysangiz o’ngda sizga yaqin kishining xiyonati tufayli tashvishli kunlarni boshsan kechirasiz. Tushingizda kuzgu tasvirida maxluqni ko’rsangiz, bu sizning va’dalaringiz munofiqligi va o’zingiz ma’naviy jihatdan tuban ekanligingizni ko’rsatadi. Sirti xira katta kuzgu tushga kirsa, bu fitna va tuxmat qurboni bo’lish alomatidir. Kuzguda o’z tasvirini ko’rmayotganlik — yomon alomat. Oyna oldida fol ochayotganlikni tush ko’rish — qurquv, shubha, o’z holicha qaror qabul qilaolmaslikni bildiradi.