Tushda yurak | Тушда юрак
YURAK (DIL) Bilginki, yurak tan shahrining podshohidir, tan uning farmoni bilan barqaror, yurak aqlning xazinasidir.
Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Tushda yurakni ko‘rish o‘ziga tegadigan molu davlatni jamlashdir. Yuragi tanidan tashqarida bo‘lsa, yaxshilik va sozlikka dalildir. Alloh ta’olo aytadi: (Alloh) huzurida faqat U izn bergan kishilarning shafoati (oqlovi)gina foyda berur. To qachonki, (izn berilib) dillaridan qo‘rquv ketkazilgach, ular (bir-birlariga): Parvardigoringiz nima dedi (izn berdimi)? deb (savol qilishib), Haqni (aytdi, shafoatga izn berdi), U oliy va buyuk zotdir, deb (javob qilurlar) (Saba’ surasi, 23-oyat). Yuragi diltang bo‘lganini ko‘rsa, ishlarning og‘irlashuviga dalildir. Yuragi shod ekanini ko‘rsa, ishlari yurishiga dalildir. Yuragini qo‘lida ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Yuragini ikki qo‘li bilan ushlab turganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Yuragi og‘riyotganini ko‘rsa, moli ziyoda bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Yuragining ko‘zlari ochilganini ko‘rsa, ikki dunyo ishlariga haris va rag‘bat ko‘rsatuvchi bo‘lishiga dalildir. Yuragidan qon oqayotganini ko‘rsa, nomaqbul ishlardan qaytishi va Xudoga tavba qilishiga dalolat qiladi.
Yuragidan safro chiqayotganini ko‘rsa, beg‘am bo‘ladi. Yuragidan gavhar chiqqanini va bu gavhar og‘iz orqali tashqariga chiqqanini ko‘rsa, diyonatsiz bo‘lishiga dalildir. Chiqqan gavharni yerdan olsa va yana yesa, dinga qayta kiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadi: Yuragining pora-pora bo‘lganini ko‘rsa, yuragining har xil hoyu havaslar bilan mashg‘ul bo‘lishiga dalildir. Yuragi ravshan va munavvar ekanini ko‘rsa, dinning sog‘lomligiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadi: Tushdagi yurak o‘n narsaga dadolat qiladi: molga; rahbarlikka; farzandga; shijoatga; olijanoblikka; hirsga; quvvatga; g‘alabaga; shahvatga; o‘z holini pinhon tutishga.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ