Tushda yuk ko’tarmoq | Тушда юк кутармок

Без рубрики

YUK KO‘TARMOQ (BOR KASUIDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida orqasida yengil yuk borligini ko‘rsa, o‘sha yukning mikdoriga muvofiq foyda topishiga dalildir. Agar orqasida og‘ir yuk borligini ko‘rsa, ko‘p gunoh va ma’siyat ishlarni qilishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar yelkasida yuk borligini ko‘rsa va bu yuk kimniki ekanini bilmasa, shu yuk mikdoricha yo manfaat topadi yoki zarar topishiga dalolat qiladi. Agar yuk o‘z mulki bo‘lmasa, uning yaxshi yoki yomonligi tush egasiga qaytguvchidir.