Tushda torlik | Тушда торлик

Без рубрики

TORLIK (TANGIY) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida torlikdan kenglikka chiqsa yoki tor joydan keng joyga chiqqanini va qutulganini ko‘rsa, ishlarining tartibga tushishi va ranjdan rohat-farog‘atga va osonchilikka chiqishiga dalil bo‘ladi. Agar buning aksini ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar tor joyga tiqilib qolganini ko‘rsa, og‘ir ishga duchor bo‘lishi va undan xaloslik topolmasligiga dalildir. Agar u yerda taomga nisbatan torlik ko‘rsa, rizqu ro‘zi tor bo‘lishini bildiradi. Tushda har bir narsaning tangu tor bo‘lishi yaxshi bo‘lmaydi.