Tushda tarnov | Тушда тарнов

Без рубрики

TARNOV (NOVDON) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida suv tarnovsiz tomdan oqib tushganini ko‘rsa, o‘sha yerda jang, xusumat va qon to‘kish yuz berishiga dalildir. Tushida yomg‘ir yog‘maganini, biroq tarnovlardan suv oqib tushayotganini ko‘rsa, o‘sha yer odamlariga podshoxdan ranj va musodara yetishiga dalildir. Tushida yomg‘ir bulutini va tarnovlardan suv oqib tushayotganini ko‘rsa, Xudoyi ta’olodan o‘sha yer odamlariga inoyat va rahmat yuz berishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘z tomiga tarnov o‘rnatganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan foyda topishiga dalildir. Tushida tomdagi tarnov yiqilgani va singanini ko‘rsa, ta’biri yuqoridagining aksi bo‘ladi. Tushida tarnovning mis yoki temirdan ekanini ko‘rsa, ishlari doimo bir maromda bo‘lishiga dalildir. Tushida kimdir tarnovdan suv yig‘ib olayotganin ko‘rsa, uning mikdoricha birovdan foyda topishini bildiradi.