Tushda so’lak, tupurgi | Тушда сулак, тупурги

Без рубрики

SO‘LAK, TUPUK (XIV) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida tupurganini ko‘rsa, o‘ziga halol bo‘lmagan bir so‘z aytishiga dalildir. Tushida masjid ichiga tupurganini ko‘rsa, din haqida so‘z aytishini bildiradi. Shuningdek, tushida qay joyga tupurganini ko‘rsa, o‘sha joy ahli haqida so‘z aytishini bildiradi. Tushida devorga so‘lak tashlaganini ko‘rsa, Xudoyi ta’olo rizoligi bo‘lmagan ish uchun mol sarflashini bildiradi. Tushida yerga tupurganini ko‘rsa, o‘z halokatiga dalildir, agar daraxtga tupurganini ko‘rsa, axdini buzushini va yolg‘on qasam ichishini bildiradi.

Kirmoniy (r.a.) aytadiki, issiq tupurgi umr uzoqligiga, sovuq tupurgi esa o‘limga dalildir. Tushdagi qora so‘lak g‘amu anduhga, sarig‘i kasallikka dalildir. So‘lak libosni bulg‘amagan holda og‘izdan chiqayotganini tushida ko‘rsa, yolg‘on va botil ilm haqida gapirishini bildiradi. Tushida tomog‘idan balg‘am chiqarganini va uni yengiga olganini ko‘rsa, oilaga mol xarj qilishini bildiradi.

Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida kimdir uning yuziga qonli so‘lak tashlaganini ko‘rsa, uning ahli oilasi haqida ta’na so‘zlarini aytishlariga dalildir. Tushida so‘lagi qon bilan omixta ekanini ko‘rsa, harom yeyishi, yolg‘on so‘zlashi va va’dasiga vafo qilmasligini bildiradi.

An-nobulsiy: U tushda insonning quvvatiga dalolat qiladi. Shuningdek u, kishining moli va qudratidir. Bir kishi devorga tuflasa, molini urush yo’lida infoq iladi yoki yer sotib oladi. Daraxtga tuflasa qasamini buzadi. Insonga tuflasa, o’ngida unga tuxmat qiladi.