Tushda so’fi tog’ray | Тушда суфи тограй

Без рубрики

SO‘FI TO‘RG‘AY (ChAKOVAK) Tushdagi so‘fi to‘rg‘ayning ta’biri farzand yoki g‘ulom bo‘ladi. Agar tushda nar so‘fito‘rg‘ayni tutib olganini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, farzand yoki g‘ulom tug‘ilishini bildiradi, chunonchi, so‘fito‘rg‘ay nar bo‘lsa, o‘g‘il g‘ulom, moda bo‘lsa qiz g‘ulom tug‘iladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi so‘fito‘rg‘ay shirin so‘zli, shirin tilli va g‘arib bir erkak kishi bo‘ladi. Agar tushida kimdir unga so‘fito‘rg‘ay bergan bo‘lsa yoki o‘zi tutib olgan bo‘lsa, yuqoridagi aytilgan sifatga ega bo‘lgan kishi bilan hamsuhbat bo‘lishiga dalildir.