Tushda qo’lqop | Тушда кулкоп

Без рубрики

QO‘LQOP (DASTINA) Qo‘lqop tushida ayollardan ko‘ra erkaklarga yaxshiroq bo‘ladi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida po‘latdan qilingan qo‘lqopni qo‘lida ko‘rsa, uning uchun kuchu quvvat, dushman ustidan zafar bo‘ladi. Agar qo‘lqop oltin yoki kumushdan bo‘lsa, bilakuzuk ta’birini beradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi qo‘lqop uch narsani bildiradi: kuch va qodirlikni; dushman ustidan zafarni; dunyoviy ishlarning izga tushishini.