Tushda qishloq | Тушда кишлок
QISHLOQ (DEX) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida bir qishloqda bo‘lganini, ammo qishloq nomini bilmaganini ko‘rsa, yaxshilikka dalildir, bordi-yu qishloq nomini bilsa, yomonlikka dalil bo‘ladi. Tushida qishloqdan chiqib ketganini ko‘rsa, yaxshilikni bildiradi. Tushida qishloqqa borganini ko‘rsa, yomonlikka dalil bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida shahardan obodon bir qishloqqa borganini, u yerda ne’matlar ko‘pligini ko‘rsa, xayru barakat, izzatu iqbolni bildiradi, buning aksini ko‘rsa, yomonlik va e’tiqodsizlikni bildiradi. Tushida qandaydir qishlokda yo‘qolib qolganini ko‘rsa, yaxshilikka dalil bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida kimdir unga notanish bir qoshloqni berganini yoki o‘zi sotib olib, imorat qilganini ko‘rsa, imoratining hamda qishloqshshg mikdoriga qarab xayru manfaat topishini bildiradi, buning aksini ko‘rsa, zararga dalildir.
QISHLOQ (RUSTO) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida o‘z qishloqlarini notanish bir joyda ko‘rsa, yaxshilikka dalil bo‘ladi, bordi-yu tanish joyda ko‘rsa, yaxshilikka dalil bo‘lmaydi. Tushida qishloqdan shaharga kelib qolganini ko‘rsa, inshaallohu ta’olo, fitna va azobdan qutilishiga, ishlari tartibga tushishiga dalildir. Tushida shahardan qishloqqa ketayotganini ko‘rsa, ta’biri buning aksi bo‘ladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida qishlokda mulki borligini yoki kimdir unga berganini ko‘rsa, uning miqdoricha obodonlik va yaxshilik unga yetishini bildiradi. Tushida qishloqni xarob holda ko‘rsa, ta’biri yomon bo‘ladi.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ