Tushda qal’a | Тушда калъа

Без рубрики

QAL’A (DAJ) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida qal’a bino qilganini ko‘rsa, ahvoli yaxshi bo‘lishiga dalildir. Tushida o‘z qal’asini o‘zi xarob qilganini ko‘rsa, dinining buzilishiga va xarob bo‘lishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushda qal’ani pishiq g‘iigg va ganjlar bilan barpo qilayotganini ko‘rsa, do‘zaxiy ishlar sohibini bildiradi. Qal’ani loy va xom g‘ishtdan bino qilayotganini ko‘rsa, ahli Bihipgg xodimlaridan bo‘lishiga dalildir. Qal’ada mahkam o‘rnashib olganini tush ko‘rsa dinining sof va ishlarning mustahkam bo‘lishiga dalildir. Tushida qal’ada goh kirib, goh chiqayotganini ko‘rsa, din ishida komil emasligini bildiradi.
Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida o‘zini qal’a ichida ko‘rsa, dinining soz bo‘lishiga dalil, buning aksini ko‘rsa, dinining zaif va nodurustligiga dalil bo‘ladi.