Tushda o’likning narsa berishi, o’likdan narsa olish | Тушда уликнинг нарса бериши, уликдан нарса олиш
O‘LIKNING NARSA BERISHI (MURDA CHIZI DODAN) —
Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushida o‘lik unga dunyo matosidan biror narsa berganini ko‘rsa, umid qilmagan yerdan biror narsaga ega bo‘lishiga dalildir. Agar o‘lik yeyiladigan yoki ichiladigan narsadan unga biror narsa berganini va u yeganini ko‘rsa, qalol rizq topishiga dalildir. Agar yemagan bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar murda o‘z libosidan biror narsa berganini va u kiyganini ko‘rsa, unga o‘z moli va joni haqida qayg‘u va g‘am yetishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘lik kiyim berganini, u esa kiyganini, so‘ng ichganini va odamlarga berganini ko‘rsa, unga hech qanday ziyon yetmaydi, balki moli ziyoda bo‘ladi.
Agar o‘lik o‘z kiyimini unga omonatga berganini, so‘ng undan talab qilganini ko‘rsa, o‘likning yomon fe’lli bo‘lganiga dalildir. Agar murda unga eski kiyimni berganini ko‘rsa, tush egasi kambag‘al bo‘lishiga dalildir. Agar bergan kiyimi yangi bo‘lsa, izzat va ulug‘lik topishiga dalildir. Agar murda uni Qur’on, fiqh kitobi yoki shunga o‘xshash kitob berganini ko‘rsa, toatlar va yaxshiliklar tavfiqini topishiga dalildir. Tushida o‘likning libos sotganini ko‘rsa, kiyim sotuvchi bo‘lishiga dalildir. Tushida o‘likka biror narsa hadya qilganini, o‘lik esa qabul qilmaganini ko‘rsa, unga ziyon va zarar yetishiga dalildir.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ