Tushda moxov | Тушда мохов

Без рубрики

MOXOV (VORIY) Voriy — bu juzom (moxov) kasalligidir. Tushda uni ko‘rish unga yetadigan moldir, xususan, agar badanda oq shishlarni ko‘rsa.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida tanida moxov illatining ko‘pligini ko‘rsa, xunuk bir ish yuz berishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi moxov illati kambg‘al uchun boylik, boylar uchun gunoxdan tiyilishini bildiradi. Tushida moxov sababli barcha barmoqlarining uzilib tushganini ko‘rsa, yaxshi ishlarni qilishiga dalildir. Farzandi yoki aka-ukasining o‘lish ehtimoli ham bor.

An-Nobulsiy: Kim tushida mohov bo’lib qolsa, ziynati yo’q kiyimga va merosga yetishadi. Mohov kasalligi tavilda mol-davlatdir.