Tushda misr kakligi | Тушда миср каклиги

Без рубрики

MISR KAKLIGI (SANGXORA) Sangxora mayda toshlarni yeydigan bir qushdir. Ibn Sirinning aytishicha, tushida sangxorani tutib olganini ko‘rsa, nodon bir odam bilan suhbat tutishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, tushida qo‘lida sangxora turganini ko‘rsa, qiyin holga tushishi va bu ishda hech qanday xayru manfaat bo‘lmasligiga dalildir. Agar sangxora qo‘lidan uchib ketganini yoki qo‘lida o‘lib qolganini ko‘rsa, qiyin holga tushib qolgan ishidan tezda qutilib ketishiga dalildir. Agar sangxora go‘shtidan yeyayotganini ko‘rsa, o‘z ishini qiyinchilik bilan ado etishiga dalildir.