Tushda luqma, ovqat, yegulik | Тушда лукма, овкат, егулик

Без рубрики

LUQMA (LUQMA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir uning og‘ziga shirin taomdan bir luqma solib qo‘yganini ko‘rsa, o‘sha kishi bunga shirin bir so‘z aytishiga dalildir.
Agar luqma qattiq va nordon bo‘lsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida og‘ziga shirin va laziz luqma solinganini ko‘rsa, agar bu odam solih kishi bo‘lsa, halol mol topishiga dalildir. Agar og‘ziga issiq luqma solinganini ko‘rsa, kimningdir so‘zidan baloga tushishiga dalildir.
Agar luqma og‘zida oson turganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida og‘izdagi luqma uch narsani bildiradi: bo‘sa olishni; shirin so‘z aytishni; luqma miqdoriga muvofiq foyda ko‘rishni.