Tushda kuydirib davolamoq | Тушда куйдириб даволамок

Без рубрики

KUYDIRIB DAVOLAMOQ (DOG‘ KARDAN) Ibn Sirin (r.a.) aytishicha, tushida kuydirib davolamoq mol va boylik bo‘ladi.
Tushida kuydirib davolaganlarini ko‘rsa, dog‘ning mikdoriga muvofiq Xudoyi ta’olo yo‘lida mol sarflashiga va oxiratda azobdan emin bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, kuydirib davolagan yerdan qon yoki yiring oqayotganini ko‘rsa, podshoh huzurida muqim bo‘lishiga dalildir, agar qon ham, yiring ham yo‘q bo‘lsa, podshoxdan hech qanday manfaat ko‘rmasligini bildiradi.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushida birovning tanini kuydirib davolaganini ko‘rsa, yomon so‘z eshitadi yoki uni biror narsada muttaham qiladilar. Tushida biror kasallikka qarshi belini kuydirib davolaganlarini ko‘rsa, din va dunyosining yaxshilanishiga dalolat qiladi. Ba’zilarning aytishicha, podshoh ishlarining poydevoridir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda kuydirib davolamoq zakotni man’ etish va podshoh ishi bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: (Mazkur oltin-kumushlar) jahannam o‘tida qizitilib, ular bilan peshonalari, yonlari, orqalari kuydirilgan kuni: Bu o‘zlaringiz uchun saqlagan xazinangizdir. . . (Tavba surasi, 35-oyat).