Tushda imomlik qilmoq | Тушда имомлик килмок
IMOMLIK QILMOQ (IMOMAT KARDAN) Agar tushida biror qavmga imomlik qilganini ko‘rsa va u qavmning imomi yo‘q bo‘lsa, bu o‘sha qavmning ulug‘i bo‘lishyga va barcha unga tobe bo‘lishiga dalildir. Agar katta jamoatning namozga yig‘ilganini ko‘rsa va jamoat unga qarab: Bizga imomlik qilgin, — desa yoki: Podshoh bizga imomlik qilishingni butordi, — desa, u oldinga chiqib imomlik qilganini ko‘rsa, uning o‘sha diyorda amir yoki hokim bo‘lishiga va o‘sha diyorda adolat va rostlik bilan ish tutishiga dalildir. Agar bu hol qiblaga qanchalik to‘g‘ri turishi va namozni ruku’ va sujudlarini to‘la tamom qilishlariga bog‘likdir. Agar namozning biror narsasini kam qilganini ko‘rsa, namozda nuqsonga qanchalik yo‘l qo‘yganiga qarab xalqqa jabr-zulm qilishiga dalil bo‘ladi.
Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, agar biror kimsa imomlik qilayotganini ko‘rsa va u o‘tirgan holda bo‘lsa, kasal bo‘lishiga dalildir. Agar yonboshlab yotgan bo‘lsa va namozda biror narsa o‘qiyotganini ko‘rsa, tezda vafot topishiga va o‘sha qavm unga janoza namozi o‘qishiga dalildir. Agar tushda birorta imomni qo‘rsa, o‘sha imomning ulug‘ligi va sharafiga muvofiq obro‘-e’tibor topishiga dalildir. Agar imom bilan biror uyga borsa, yoki imom unga biror narsa bersa yoki imom bilan taom yesa, o‘sha narsalarning miqdoriga muvofiq qayg‘u va g‘am tortishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, imom bilan jihodda yurganini ko‘rsa, davlat va viloyatda o‘sha imom bilan sherik bo‘ladi. Bu sheriklik biror masjsada yoki biror qishlokda yoki biror shaharda bo‘lishi mumkin.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, imom o‘zida ortiqcha biror narsani ko‘rsa, uning ulug‘ligi va obro‘sining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zida nimaiki nuqson ko‘rsa, molida, ne’matida nuqson yuz beradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda imomlik qilmoq olti narsani bildiradi: hokimlikni; adlu insof bilan podshohlik qilishni; ilmni; yaxshi ishga qasd qilishni; foydani va dushmandan omon bo‘lishni.
Agar biror imom tushida zino qilganini ko‘rsa, zaiflar guruhiga hokim bo‘lishini bildiradi. Agar imom osmondan tushib biror qavmga imomlik qilganini ko‘rsa, o‘sha zamin ahliga rahmat yog‘ilishiga dalildir. Agar o‘likka janoza namozini o‘qiyotganini ko‘rsa, podshohdan amal topishiga dalildir.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ