Tushda dubulg’a | Тушда дубулга

Без рубрики

DUBULG‘A (XUD) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki tushida boshida po‘lat dubulg‘a borligini ko‘rsa, ulug‘likni, farzandni va dubulg‘aning qanchalik sof va yaltiroq bo‘lishiga qarab, quvvatining ziyoda bo‘lishini bildiradi. Tushida dubulg‘asi borligini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan quvvat topishiga dalildir. Tushida dubulg‘asini biror kishiga berganini ko‘rsa, o‘sha kishining quvvati va haybati oshishini bildiradi. Tushida dubulg‘asini sindirganini yoki yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, umriga nuqson yetishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda dubulg‘a ko‘rish besh narsaga dalolat qiladi: quvvatga; molga; farzandga; baqo va yaxshilikka; o‘zini makru hiyladan saqlashga.