Tushda dasturxon | Тушда дастурхон

Без рубрики

DASTURXON (SUFRA, Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida yangi va toza dasturxoni borligini yoki sotib olganini ko‘rsa, xunuk yuzli kanizakka dalildir. Agar dasturxonda to‘la nozu ne’mat bo‘lsa, kanizakdan foydalar ko‘rishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi dasturxon foydali safarni bildiradi. Agar dasturxon kichik va quruq bo‘lsa, foyda kam bo‘lishiga dalildir. Agar dasturxoni kuyganini yoki yo‘qolganini ko‘rsa, kanizagining o‘lishiga yoki molining yo‘q bo‘lishiga dalildir.
Ja’fari Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi dasturxon to‘rt narsani bildiradi: kanizakni; xizmatkorni; safarni va kasbu maishatni.