Tushda buyrak | Тушда буйрак

Без рубрики

BUYRAK (GURDA) Tushdagi buyrak — topib, xarj qilinadigan yashirin boylikdir. Tushida ko‘pgina suvda yoki yog‘da pishirilgan buyraklari borligini ko‘rsa, ularning mikdoriga muvofiq yashirin boylik topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi buyrak farzand bo‘ladi, negaki farzandning moyasi maniy (erlik urug‘i) bo‘lib, u buyrakdan hosil bo‘ladi.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushida otning buyragiga egaligini va uni pishirib yeganini ko‘rsa, ulug‘ bir kishidan mol topishiga dalildir. Agar tushida sigirning buyragiga egaligini ko‘rsa, o‘sha yili molu ne’mat topishini bildiradi. Agar tushida qo‘y buyragi borligini ko‘rsa, o‘sha dushman tomonidan halol molu ne’mat topishiga dalildir. Agar tushida xom buyrakdan yeganini ko‘rsa, harom mol topishiga dalildir. Agar ko‘p buyraklarga ega ekanini, biroq yemaganini ko‘rsa, aytilganlardan ozroq boylik topishiga dalildir.