Tushda boyo’g’li | Тушда бойугли

Без рубрики

BOYO‘G‘LI (CHUG‘Z) Tushdagi boyo‘g‘li nobakor va haromxo‘r kishi bo‘ladi. Agar tushida boyo‘g‘lini olayotganini ko‘rsa, pgu sifatga ega bo‘lgan kishi bilan dushmanlashishiga dalil bo‘ladi.
Tushda boyo‘g‘li ko‘rmoq barcha holatda ham muborak emas.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida boyo‘g‘li ovozini eshitayotganini ko‘rsa, shu ovoz miqdoriga muvofiq o‘sha yerdan yig‘i zori, oh-voy yuz berishiga dalildir. Agar boyo‘g‘lining bolasini ko‘rsa, farzandi shum va quloqsiz bo‘lishiga dalildir. Agar boyo‘g‘li go‘shtini yeyayotgan bo‘lsa, yeganiga muvofiq o‘g‘ri va nobakor kishining molidan yeyishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar boyo‘g‘liga ega ekanini ko‘rsa yoki kimdir unga bersa, bir o‘g‘ri odamga g‘azabini sochishiga dalildir. Boyo‘g‘li go‘shtini yeyayotgan bo‘lsa, yegan go‘shti mikdoricha o‘g‘ri odamning molidan yeyishiga dalildir. Agar boyo‘g‘li bolasiga ega ekanini ko‘rsa, o‘g‘rining kichkina bolasi yoki o‘g‘rining shogirdiga ega bo‘lishi mumkin.