Tushda bo’ri | Тушда бури

Без рубрики

BO‘RI (GO‘RG) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bo‘ri yolg‘onchi va sitamgar podshohdir. Tushida bo‘ri bilan jang qilayotganini ko‘rsa, podshoh yoki boshqa bir kishi bilan dushmanlashuviga dalildir. Tushida bo‘rining sutini ichganini ko‘rsa, unga qo‘rquv va xavf yetishiga dalildir. Tushida bo‘ri go‘pggini yeganini ko‘rsa, sitamgar podshoxdan yegani miqdoricha boylik topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida bo‘rini o‘ldirganini ko‘rsa, musulmonlar undan yuz o‘girishiga dalildir va unda hech qanday yaxshilik yo‘qligini bildiradi. Ba’zi ta’birchilar aytishicha, dushmanga qahr qiladi. Tushida bo‘rining kallasini topib olganini yoki kimdir berganini ko‘rsa, uning mikdoricha izzat va ulug‘lik topishiga dalildir. Tushida bo‘ri uning uyiga kirganini va zarar yetkazganini ko‘rsa, podshoxdan ziyon yetishiga dalildir. Agar zarar yetkazmaganini ko‘rsa, podshoh uning uyiga mehmonga kelishini bildiradi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida bo‘ri uning ko‘rpasi ichiga yashirinib olganini ko‘rsa, podshoh uning ayoli bilan buzuqchilik qilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bo‘ri uch narsaga dalil bo‘ladi: zolim podshohga; yolg‘onchi ayolga; bo‘ri moda bo‘lsa, zaif muxolifga.