Tushda belanchak | Тушда беланчак

Без рубрики

BELANCHAK, BESHIK (MAHD) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida belanchakda o‘tirganini ko‘rsa, va tush ko‘ruvchi shunga mos bo‘lsa, rohat, yengillik va xush hayotga hamda qo‘rquv va g‘amdan emin bo‘lishiga dalildir. Tushida belanchakdan qulab ketganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida belanchakda o‘tirganini ko‘rsa, mehribon xotin olishi yoki chiroyli kanizakka dalil bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi belanchak shunga sazovor bo‘lgan kishi uchun oromgoh, izzat va martaba bo‘ladi, agar sazovor bo‘lmasa, qamoqxona bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi belanchak yoki beshik sakkiz narsaga dalildir; yengillik va rohatga; ayshga; izzatga; davlatga; martabaga; omonlikka; mehribon kanizakka va xotinga.