Tushda atr | Тушда атр

Без рубрики

ATR Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zidan xushbo‘y hid kelayotganini, o‘zi esa aslida olim bo‘lsa, ilmidan odamlarga foyda yetishiga dalildir. Agar boy bo‘lsa, molidan odamlarga foyda yetkazishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zida atr borligini ko‘rsa, odamlar unga ofarin aytishi va maqtashlariga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi atr to‘qqiz narsani bildiradi: yaxshi maqtovni; yoqimli so‘zni; foydali ilmni; yaxshi xulqni; ilm majlisini; saxiy kishini; madaniyatli kishini; pok dinni; yaxshi xabarni.