Tushda Asalari qutisi korsa / Тушда Асалари кутиси корса

A

Asalari qutisi

Tushda asalari qutisini ko’rish bu yaqin kelajakda sizning ko’plab qiyin xal etiladigan muammolarga duch kelishingiz alomatidir. Agar tushingizda bir qancha kishilarning asalari qutisini ko’zdan kechirayotganliklarini ko’rsangiz, bunday tush unchalik uzoq, bo’lmagan vaqt ichida siz yashayotgan davlat xokimiyatiga juda dono kishilar kelishidan, biroq, ularga mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun ancha vaqt kerak bo’lishidan shoxiddik beradi. Asalari uyalarini o’z qo’lingiz bilan yasayotganligingiz tushda ko’rinsa — o’ngda yo’lingizda paydo bo’lgan tusiqlarni osonlik bilan bartaraf eta olasiz. Tushingizda kimningdir uya yasayotganligini ko’rsangiz, bu kelajakda sizning hayotingizga katta ta’sir ko’rsatadigan juda kuchli odam bilan uchrashishingizni bildiradi. Tushingizda asalari uyasiga qulingizni tiqayotganligingizni ko’rsangiz – ko’ngil sovushidan dalolat. Bunday tush kelgusida sizning yaqin kishilaringizdan ko’nglingiz qolishidan guvoxlik beradi. Balki, o’sha, siz hozirgacha o’zingizning eng yaxshi do’st deb xisoblab kelgan odam, aslida yovuz, hasadguy bo’lib chiqadi. Tushda asalarisi umuman yo’q uyni ko’rish — jiddiy yo’qotishga ishora. Ehtimol siz juda qimmatli narsangizdan ayrilib, bundan qattiq qaygurasiz.