Tushda jigar | Тушда жигар
JIGAR Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi jigar yashirilgan mol bo‘ladi. Agar odamlarning jigarini ko‘rsa, yashirin mol topishi va sarfu xarajat qilishiga dalildir. Agar uning qo‘lida ko‘pgina pishirilgan yoki xom jigarlar […]
Tushda jiyda, jilonjiyda | Тушда жийда, жилонжийда
JIYDA. (SINJID) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi jiyda qiyinchilik bilan qo‘lga keladigan halol va toza moldir. Agar tushida jiyda sotayotganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, halol molni qo‘lga kiritishiga dalildir. Jobir […]
Tushda jimo, qo’shilish, qovushish, jinsiy aloqa | Тушда жимо, кушилиш, ковушиш, жинсий алока
JIMO’ (jinsiy aloqa) QILMOQ Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi jimo’ (jinsiy aloqa) hojatlarni yuzaga chiqishidir, xususan o‘zidan maniy (urug‘) ajrab chiqqanini ko‘rsa. Agar har kim biror kishi bilan jimo’ qilganini ko‘rsa, […]
Tushda jin surasi | Тушда жин сураси
JIN SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Jin surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, tavba qilish va jinlarning zararidan omon bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, dev va parilar unga zarar yetkazmaydi.
Tushda joynamoz | Тушда жойнамоз
JOYNAMOZ (SAJJODA) Ibn Sirinning aytishicha, agar masjidda joynamoz ustida o‘tirganini ko‘rsa, Hijoz safariga jo‘nashini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: . . .Ibrohim maqomini namozgoh qilib olinglar!.. (Baqara surasi, 125-oyat). Xususan, masjidda […]
Tushda jom, tog’ora | Тушда жом, тогора
JOM (TAShT) Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi jom xizmatkor xotinni bildiradi. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi jom uy xizmatlari topshirib qo‘yilgan kanizak xotinni bildiradi. Agar tushida jomi borligini yoki kimdir unga […]
Tushda jon | Тушда жон
JON Muhammad ibn Sirin aytadiki, tushdagi jon farzand, mol yoki itoatkor ayolni bildiradi. Agar jon tanidan chiqqanini ko‘rsa, farzandi, ayoli o‘lishiga yoki molining yo‘q bo‘lishiga yoxud halok bo‘lishiga dalildir. Agar […]
Tushda jonivorlarning qichqirishi, hayvonlar ovozi | Тушда жониворларнинг кичкириши, хайвонлар овози
JONIVORLARNING QICHQIRISHI (BONGDOShTANI JONIVORON) Muhammad ibn Sirinning aytishicha, tushida jonivorlarning qichqirishini ko‘rsa va bu paytda odamlar uyquda bo‘lsa, o‘sha mavzeda g‘am va musibat yuz berishiga dalildir. Agar uzoq joydan unga […]
Tushda josiya surasi | Тушда жосия сураси
JOSIYA SURASI — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Josiya surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, tavba qilishi va Alloh yo‘liga qaytishiga dalildir.
Tushda juvona o’simligi | Тушда жувона усимлиги
JUVONA O‘SIMLIGI (NONXOH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi juvona o‘simligi g‘amu anduh bo‘ladi. Tushida juvonani birovga berganini yoki tashlab yuborganini ko‘rsa, g‘amu anduhdan qutilishiga dalildir. Tushda juvonani ko‘rish va yeyishdan, […]
Tushda juma surasi | Тушда жума сураси
JUM’A SURASI Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda Jum’a surasini o‘qiyotganini ko‘rsa, Xudoyi ta’olo unga tavbani nasib etishini bildiradi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, yaxshi ishlarni qilish uchun tavfiq topadi.
Tushda jo’voldo’z, qop tikadigan nina | Тушда жуволдуз, коп тикадиган игна
JO‘VOLDO‘Z (Qop tikadigan nina) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi jo‘valdo‘z (qop tikadigan nina) odamlarning ishlarini, xususan kichik ishlarni bir-biri bilan bog‘lab, amalga oshirib yuruvchi kishidir. Agar har kim tushida jo‘voldo‘z […]
Tushda zabarjad | Тушда забаржад
ZABARJAD (XRIZOLIT) Ibn Sirin aytishicha, tushdagi zabarjad yaxshilik va foydaga dalildir. Agar zabarjadi yo‘qolib qolganini ko‘rsa, moliga nuqson yetishiga dalildir. Hazrati Sodiqning aytishicha, tushda zabarjadni ko‘rish uch narsani bildiradi: shodlikni; […]
Tushda zabod | Тушда забод
ZABOD Bilginki, zabod mushukka o‘xshagan va xushbo‘y hid beradigan jonivorning teridir. Ibn Sirin aytadiki, tushida zabodi borligini yoki birov unga berganini ko‘rsa, tush ko‘ruvchi odobli va ilmli bo‘lishiga, odamlar unga […]
Tushda zaiflik, ojizlik | Тушда заифлик, ожизлик
ZAIFLIK (ZAIFIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida boshining zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, izzat va obro‘sida nuqson yuz berishiga dalildir. Agar ko‘zi zaif bo‘lib qolganini ko‘rsa, izzati kam bo‘lishiga […]
Tushda zaytun mevasi va yog’i | Тушда зайтун меваси ва ёги
ZAYTUN MEVASI VA YOG‘I (ZAYTUN) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zaytun g‘am va anduhdir. Agar zaytuni borligini yoki birov unga berganini va uni yeyayotganini ko‘rsa, yeganiga muvofiq g‘am va qayg‘u ko‘rishiga […]
Tushda zakot, ehson | Тушда закот, эхсон
ZAKOT Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi mol zakoti molining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar tushida fitr zakotini berayotganini ko‘rsa, namoz o‘qib, tasbih aytishiga va farovonlik topishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Mo‘minlar najot […]
Tushda zulaybiya | Тушда зулайбия
ZULAYBIYA Tushdagi zulaybiya haddan tashqari intilish va harakat qilish, ko‘p mol topish, shodlik va xushnudlikni bildiradi. Agar zulaybiyasi borligini yoki kimdir unga berganini va yeganini ko‘rsa, yeganining miqdoricha molu ne’mat […]
Tushda zambil, zambar | Тушда замбил, замбар
ZAMBIL, ZAMBAR (ZANBIL) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zambil ayol yoki kanizakdir. Agar zambili borligini ko‘rsa, unda xodim paydo bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi zambil molu ne’matni bildiradi. Hazrati Sodiq […]
Tushda zang | Тушда занг
ZANG (ZANGAR) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zang qayg‘u va g‘amdir, uni ichish halokatdir. Umuman, tushdagi zang foydasiz bo‘lib, yaxshi narsani bildirmaydi.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2025
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ