Tushda Nasroniylar qo’ng’irog’i. korsa

Nasroniylar qo’ng’irog’i xusumat va muhim ishlarda insonlarni to’g’ri yo’lga boshlaydigan olim kishiga dalolat qiladi. Ko’pincha urush, rizq va namozni bildiradi. Shuningdek xabarchi va maslahatchi odamga dalolatdir.

Tushda Namoz salomi korsa

Kim tushida namoz salomini berib, namozni tugatsa, barcha g’am-tashvishlari ketib, ishi yurishadi. Agar o’ng tomoniga salom bersa, ba’zi ishlari yurishib, o’ng tomoni qolib, chap tomoniga salom bersa, ayrim ishlari yurishmaydi. […]

Tushda Namatak korsa

Tushda namatak ko’rsangiz, o’ngda qalinroq kiyinib yuring, yomg’irli kunda ko’chaga chiqmang, shamollab qolishingiz mumkin.

Tushda Nafrat korsa

Kim tushida darg’azab bo’lsa, bu yomon dalildir. Odamning tushida nafratlanish qalbidagi g’ashlikka dalolat qiladi. Ba’zan esa yaxshilika chaqiradi.

Tushda Nafaqa korsa

Tushingizda kimdir sizga nafaqa to’layotganini ko’rsangiz, o’ngingizda sog’lig’ingiz yomonlashadi, boshingizga og’ir ish tushib, do’st va yaqinlaringiz yordamiga muxtoj bo’lasiz. Agar o’zingiz kimgadir nafaqa to’layotgan bo’lsangiz, o’ylamay qilgan ishingiz yomon nateja […]