Tushda jiyda, jilonjiyda | Тушда жийда, жилонжийда
JIYDA. (SINJID) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi jiyda qiyinchilik bilan qo‘lga keladigan halol va toza moldir. Agar tushida jiyda sotayotganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, halol molni qo‘lga kiritishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiyning aytishicha, daraxtdan jiyda yig‘ayotganini ko‘rsa, badfe’l bir odamdan mol hosil qilishiga dalildir. Agar jiyda yeyayotganini ko‘rsa, ayolga mol nafaqa qilishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha tushdagi jiyda uch narsani bildiradi: mol hosil qilishni; qo‘lga mol kiritishni; badfe’l bir odamdan foyda olishni.
JILONJIYDA, UNOBI (UNNOB) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida jilonjiydasi borligini va undan yeganini ko‘rsa, uning mikdoricha mol topishiga dalildir. Agar tushida bir odamga jilonjiyda berganini ko‘rsa, undan bunga mol yetishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida daraxtdan jilonjiyda yig‘ib olayotganini ko‘rsa, uning mikdoricha qiyinchilik bilan mol jamlashiga dalildir.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ