Tushda suv | Тушда сув

Без рубрики

SUV (OB) Ibn Sirrin (r.a.)ning aytishicha, agar suv ustida, masalan, daryo, anhor va shunga o‘xshashlar ustida yurib ketayotganini ko‘rsa, uning iymoni baquvvat va e’tiqodi pok bo‘lishiga dalildir. Agar toza va shirin suvdan to‘yib-to‘yib ichganini ko‘rsa, umri uzun va maishati xush bo‘lishiga dalolat qiladi. Agar loyqa yoki igo‘r suv ichayotganini ko‘rsa, ta’biri buning aksidir. Daryodan toza suv ichayotganini ko‘rsa, ichgan suvi miqdoriga qarab podshoxdan molu ne’mat topadi. Agar daryo suvining hammasini ichib yuborganini ko‘rsa, butun jahon podshohligini topadi. Ba’zilarning aytishicha, suv toza va sof bo‘lsa, ichgan suvi miqdoricha mol va ne’mat hosil bo‘ladi, bordi-yu, loyqa va xira bo‘lsa, topadigan narsasi ranj, mashaqqat va qo‘rqinch bilan qo‘lga kiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, issiq suv ichayotgan bo‘lsa, bemor bo‘lishi va mashaqqat tortishiga dalil bo‘ladi. Uning ustiga qaynoq suv qo‘yib yuborsalar va u bundan bexabar bo‘lsa, bemor bo‘lishi yoki qatgiq g‘am tortishiga dalildir. Suvga yiqilib tushganini ko‘rsa, ranju g‘amga giriftor bo‘ladi. Agar qadaxda suv olganini ko‘rsa, boylik va hayot zavqiga maftun bo‘lishiga dalildir. Agar shisha idishda’ xotiniga suv berayotganini ko‘rsa, bunda shisha idishni ayolga nisbat beradilar, shisha idishdagi suv esa ona qornidagi farzand va bolaga nisbatdir.
Agar kosa sinib, suv to‘kilib ketganini ko‘rsa, xotini o‘lib, bolasi tirik qolishiga dalildir. Agar suv to‘kilib, kosa butun qolsa.unda bolasi o‘lib, xotini tirik qolishiga dalolat qiladi. Odamlarga tekinga suv ulashayotganini ko‘rsa, bu dunyo va oxiratda uning yaxshiligi odamlarga yetadi va xarob joyni obod qiladi. Ichiga suv kirgan xonaga kirganini ko‘rsa g‘amgin bo‘lishi va xayolga cho‘milishiga dalildir. Piyoladan xuddi itga o‘xshab suv ichayotganini ko‘rsa, hayotni ayshu ishrat bilan o‘tkazadi, biroq balo va fitnaga sabab bo‘ladigan bir ish qiladiki, natijada to‘plangan molmulkini oz-ozdan odamlarga beradi va yaxshilik yo‘liga xarj qiladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, suvning o‘z muddatida ko‘payganini ko‘rsa, yil yaxshi keladi, ne’mat ko‘p bo‘ladi. Yerni sug‘oriyotgan va yerga kirib ketayotgan ko‘p suvni ko‘rsa, oddiy xalqning salomat va tinch bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: (So‘ngra) aytildi: Ey, Yer! Suvingni yutgin! Ey, osmon! O‘zin-gni tutgin (yog‘ishni bas qil!). . . (Hud surasi, 44-oyat).
Agar suv odamlar boshidan oshib kelayotganini ko‘rsa, o‘sha diyorda yil keng va farovonlik bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Biz (osmondan) suvni mo‘l yog‘dirdik (Abasa surasi, 25-oyat).
Agar uyida toza suvni ko‘rsa, ne’mat va xurramlik topadi. Uyida loyqa suv turganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, ariq va anhorlardan bog‘ va ekinzorlarni sug‘orish molu dunyo va g‘amlardan qutulishga dalildir.
Odamlarga suv berish esa dinu diyonat va yoqimli ishlarni amalga oshirishga dalil. Suv ichida yurganini, yurgan paytda tanasi baquvvat ekanini ko‘rsa, bir boshliq tomonidan og‘ir ishga qo‘l uradi va bu ishda uning so‘zi maqbul bo‘ladi.
Suv ichida ketayotganini, tanasi esa yopiq ekanini ko‘rsa, dini baquvvat ekani va Xudoyi ta’ologa tavakkul qilishga va ishlari joyida bo‘lishiga dalildir. Suvni bog‘ sari olib ketayotganini ko‘rsa, xotin oladi yoki kanizak sotib oladi. Agar tushida birovning suvni o‘ziga to‘kib yuborganini ko‘rsa, o‘sha kishidan xayru manfaat ko‘radi. Loyqa suv to‘kkanini ko‘rsa, ta’biri buning aksidir.
Xazrati Sodiq (r.a.)ning iltifot qilib aytishlaricha, suv ichiga kirishni ta’birchilar beshta sababga yo‘yadilar: ishonch; quvvat; og‘ir ish; xodimlik; shahar hokimidan yetadigan amal.