Tushda temir | Тушда темир

Без рубрики

TEMIR (OHAY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, ishlatiladigan temirchi xodimga dalildir. Ishlatilmaydigan temirni ko‘rsa, dunyo matolaridan ko‘rilgan temir mikdoricha unga yetishga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda ko‘rilgan har bir temir, bordi-yu u yaxshi ishga sabab bo‘lsa, podshohga munosabat bo‘ladi, chunonchi, Xudoyi azza va jalla o‘zining Kalomi Majidida aytadi: Yana, Biz temirni tushirdik. Unda quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. . . (Xadid surasi, 25-oyat). Agar toshdan temir ajratib olayotganini ko‘rsa, unga bir og‘irlik yetishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy aytadiki, agar kishi tushida temirchilik qilayotganini ko‘rsa, vaholanki o‘zi bu ish ahlidan bo‘lmasa, uning biror bir kishi o‘rtasida husumat bo‘lishiga dalildir. Agar temirchi bo‘lsa, xayru manfaat topishiga dalil bo‘ladi. Ta’birchilardan ba’zilarining aytishicha, temirchi ulug‘ podshohni bildiradi.
Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida temirchini ko‘rsa, agar temirchi mashhur va ma’lum bo‘lsa, podshoh bo‘lishiga dalildir.
Agar mashhur va ma’lum bo‘lmasa temirchining holatiga qarab, ta’biri yaxshi yo yomon bo‘lishi mumkin. Agar po‘lat yoki mis eritayotganini ko‘rsa, odamlarni g‘iybat qilishi va yomon gapirishiga dalildir.
Imomi Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, po‘latdan qilingan har qanday narsani ko‘rsa, garchi u bir nina bo‘lsa ham, manfaat, quvvat, ulug‘lik, tavonolik hamda dushmandan zafar topishiga dalildir.