Tushda tong | Тушда тонг

Без рубрики

TONG (SUBH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida chin tong otib, olam ravshan bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha diyor ahliga omonlik bo‘lishiga dalildir. Agar tushida tongdan so‘ng qorong‘ulik paydo bo‘lganini ko‘rsa, ta’biri buning aksi bo‘ladi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida tong otganini, tong qizil ekanini va uning aksidan yer ham qip-qizil bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha diyorda o‘ldirish va qon to‘kish yuz berishiga dalildir. Agar tong rangi sariq bo‘lsa, kasallik bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tong o‘sha diyor xalqining quvvati va dinining sozligiga dalildir.