Tushda tos | Тушда тос

Без рубрики

TOS (TOS) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tos xizmatkor ayol va uy yumushlarini qiladigan kanizak bo‘ladi.
Agar tushida tosi borligini yoki birov unga berganini ko‘rsa, xizmatkor ayolni uyiga olib kelishiga yoki kanizak sotib olishiga dalildir. Agar tosining sinib qolganini ko‘rsa, o‘sha ayol undan ayrishi yoki o‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tos qalbi pok kanizakdir. Agar tushida tosda suv berganlarini va undan ichganini ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar tos singanini, biroq suv qolgakini ko‘rsa, kanizakning o‘lishi, biroq farzandining qolishiga dalildir. Agar suvning to‘kilganini, tos esa salomat qolganini ko‘rsa, farzandning o‘lishi va kanizakning omon qolishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi tos to‘rt narsani bildiradi: ayolni; kanizakni; farzandni; ayollar tomonidan yetadigan foydani.