Tushda yuvish va yuvinish | Тушда ювиш ва ювиниш
YUVISH VA YUVINISH (SHO‘STAN) Tushda bosh va tanni ariq, hovuz yoki daryo suvida yuvish g‘amdan najot va anduxdan xaloslikdir. Agar bu tushni mahbus ko‘rsa, ozod bo‘lishiga dalildir. Agar qarzdor kishi ko‘rsa, qarzidan qutilishiga dalildir. Agar bemor ko‘rsa, shifo topishiga dalildir.
Ibrohim (r.a.)ning aytishicha, agar tushida bir murda o‘zini yuvayotganini ko‘rsa, yaqinlari g‘amdan qutilishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida sovuq suv bilan yuvinayotganini ko‘rsa, to‘rt narsani bildiradi: tavbani; salomatlikni; qamokdan ozod bo‘lishni; xavfdan omon bo‘lishni. Tushida issiq suv bilan yuvinayotganini ko‘rsa, anduh va bemorlikka dalildir.
Tushida qo‘l va yuzni yuvish sakkiz narsani bildiradi: maqsad hosilini; bemorlikdan shifo topishni; qamoqdan ozod bo‘lishni; Haj qilishni; g‘amdan qutilishni; din pokligini; xavfdan omonlikni; hojatlarning ravo bo‘lishini.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ