Tushda yugan | Тушда юган

Без рубрики

YUGAN (LUGOM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida yugani singanini yoki yo‘qolib qolganini ko‘rsa, izzat va obro‘yiga nuqson yetishiga dalildir. Tushida xuddi otlarning boshiga yugan solingani kabi o‘z boshida xam yugan borligini ko‘rsa, ro‘za tutishi va gunohdan tavba qilishini bildiradi. Aliy roziyallohu anhuning aytishicha, har kim nobakor va yaramas bo‘lsa, og‘ziga yugan solinadi.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushda qul og‘ziga solingan yugan yaxshi bo‘ladi, u doimo xojasining farmonida bo‘lishini bildiradi. Ozod kishi boshiga solingan yugan yaxshi bo‘lmaydi. Aytishlaricha, yugan ko‘rgan kishi adabli va xar narsadan ogoh kishidir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yugan uch narsani bildiradi: sharaf va ulug‘likni; ro‘za tutishni; adab va ogohlikni.
Tushdagi yuganfurush viloyat ishlarining tadbirini ko‘ruvchi kishidir.