Tushda yostiq, bolish | Тушда ёстик, болиш
YOSTIQ (BOLISH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi bolish xodimni bildiradi. Agar yangi bolish olganini ko‘rsa va bolish yashil bo‘lsa yoki unga birov bolish berganini ko‘rsa, bu solih xizmatkor yoki xodim olishiga dalildir. Agar bolishi eski, kir, sariq yoki qora bo‘lsa ta’biri aksincha bo‘ladi. Agar bolishini parchalab, titkilab tashlaganini yoki kuydirganini ko‘rsa yoki bolishi yo‘qolib qolganini ko‘rsa, xizmatkorlarining yo‘q bo‘lishiga yoki qochib ketishiga dalil bo‘ladi yoki balo va kulfatga duchor bo‘lishiga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, biror kishi uning uyidan bolishni o‘g‘irlab ketganini ko‘rsa, kimdir uning xotini payidan bo‘lishi yoki kanizagini aldashiga dalolat qiladi.
Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, uyda bolish ko‘rmoq shu xonadonda biror kimsaning vafot qilishini bildiradi.
Agar bir odam tushida ko‘pgina bolishlarga ega bo‘lganini ko‘rsa, shu bolishlarning mikdoriga muvofiq xodimlar, kanizaklarga ega bo‘lishiga dalildir. Agar uyiga o‘t tushganini va bolishi kuyganini ko‘rsa, uning xodimlari va kanizaklarining ketishi yoki qochishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda bolish ko‘rmoq besh narsaga dalildir: xodimga; kanizakka; rahbarlikka; sof dinga; taqvodorlik va odillikka.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ