Tushda tuyaqush | Тушда туякуш
TUYAQUSH (USHTURMURG) Ibn Sirin (r.a.) zytadiki, tushdagi tuyaqush sahroyi kishini bildiradi. Agar tuyaqush moda bo‘lsa, sahroyi ayolni bildiradi. Agar moda tuyaqushni olganini ko‘rsa yo bo‘lmasa birov unga bergan bo‘lsa, aytib o‘tilgan sifatidagi ayolga uylanishini yoki shu sifatidagi kanizak sotib olishini bildiradi. Agar tuyaqushga minib olganini ko‘rsa, biyobon safariga chiqishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, biyobonda o‘tiradigan kishiga g‘olib kelishi va ulug‘ bir ishga yetishishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tuyaqushni o‘ldirganini ko‘rsa, sahroyi bir odamga g‘olib kelishi va uni yengishiga dalil bo‘ladi. Agar tuyaqush tuxumi, pati yoki suyagiga ega ekanini ko‘rsa, bir sahroyi odamdan mol topishiga dalildir. Agar tuyaqushning bolasiga ega ekanini ko‘rsa, sahroyi odam farzandiga ega bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar tuyaqush bilan birga o‘tirganini va tuyaqush unga mute ekanini, uni havoga ko‘tarib ketganini, yana qaytarib yerga tushirib qo‘ygansni ko‘rsa, sahroyi bir odam bilan uzoq safarga chiqishi va foydalar bilan qaytib kelishiga dalildir. Agar buning aksini ko‘rsa, yomondir.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ