Tushda tuya, tuya bolasi | Тушда туя, туя боласи
TUYA (UShTUR) Ibn Sirin (r.a.) aytadi: Agar kishi o‘zini shitob bilan yurib ketayotgan notanish tuya ustida ko‘rsa, safarga borishiga dalildir. Agar tuya ustida o‘tirganini va yo‘lini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi uchun kerakli yo‘lning qayerda ekanini bilmasa, o‘z ishi bo‘yicha hayronlikda qolishiga dalildir. Agar urg‘ochi tuya topib olsa, xotin olishiga dalildir. Agar u bo‘taloq bo‘lsa, olgan xotini kichik bo‘ladi. Agar tuya orqasidan chopib kelayotganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar tuya o‘zidan yuz o‘girganini va bo‘ysunmaganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir.
Mast tuyaga o‘tirganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Agar tuya bilan jang qilayotganini ko‘rsa, o‘ziga dushman bo‘lgan ajnabiy bir erkak bilan o‘zaro xusumat qilishiga dalil bo‘ladi. Agar tuyalar to‘dasini o‘tlatayotganini ko‘rsa, lekin ular o‘zining mulki ekanini bilsa, yoki bilmasa, uning uchun bu viloyat bo‘ladi va o‘sha viloyat xalqi ustidan hukmronlik qiladi. Agar tuyani sog‘ayotganini ko‘rsa, soqqan suti miqdoriga qarab podshohdan mol topadi. Agar sut o‘rniga tuyaning emchagidan qon kelsa, topadigan moli haromdan bo‘lishiga dalildir. Agar bir kishining o‘ziga urg‘ochi tuyani hadya etganini yoki birovdan tuya yoki un sotib olganini ko‘rsa, xotin olishi yoki kanizak sotib olishiga dalildir. Agar uning urg‘ochi tuyasi qochib ketsa yoki o‘g‘ri o‘g‘irlasa, xotindan judo bo‘lishi yoki oralariga xusumat tushishiga dalil bo‘ladi. Agar uning urg‘ochi tuyasi o‘lib qolganini ko‘rsa, xotini o‘lishiga dalildir. Tuyasi bola tuqqanini ko‘rsa, xotinining tug‘ishi va molining ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar tushida urg‘ochi tuyani ko‘rsa, umid qilib yurgan narsasiga yetishishiga dalildir. Tuya go‘shtidan yeyayotganini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, kimdir unga ko‘pgina tuya go‘shti berganini ko‘rsa, o‘sha go‘sht mikdorkga muvofiq mol topadi. Tuyani qurbonlik qilayotganini, go‘shtidan odamlarga ulashayotganini ko‘rsa, bu yerda bir ulug‘ kishining qurbon bo‘lishi yoki o‘lishiga dalildir. Orqasidan bir notanish tuyaning kelayotganini ko‘rsa, sargashta va hayronlikda qolishiga dalildir.
Agar tuyani g‘oliblik bilan o‘ziga zabun qilganini ko‘rsa, dushmanga qahr qilib, uni o‘ziga bo‘ysundirishiga dalildir. Agar tuyalar biror zaminda yoki qishloqda to‘planayotganini ko‘rsa, o‘sha yerda dushmanlarning to‘planishiga yoki o‘sha yerni sel xarob qilishiga yoki o‘sha mavze odamlari ustiga bemorlik hokim bo‘lishiga dalildir. Agar tuyalarning bug‘doy yoki arpadan yuklari borligini ko‘rsa, o‘sha joyda dushmandan xayru barakat yetishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar har kim bir yoshli tuya ustiga o‘tirganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar o‘z tuyasining andomidan qon oqayotganini ko‘rsa, o‘sha qon miqdoriga muvofiq dunyoviy saodat topishiga dalildir. Agar biyobonda ko‘pgina tuyalarni topib olsa, ulug‘lik va amal topishiga dalildir. Agar ikkita tuya topib olganini ko‘rsa, mol topishiga dalildir. Agar kimdir unga tuya berganini ko‘rsa, o‘sha tuya qimmatiga muvofiq biror kishidan foyda topishiga dalildir. Agar bir qavm bir tuyani so‘yib go‘shtini taqsim qilayotganini ko‘rsa, o‘sha mavzeda biror ulug‘ kishining vafot qilishi va uning molini bo‘lib olishlariga dalildir.
Ismoil Ash’as (r.a.) aytadiki, har kim ko‘p tuyaga ega bo‘lganini va tuyalar uning o‘z mulki ekanini, tuyalar arabiy tuya ekanini ko‘rsa, arablar diyoriga podshoh bo‘lishiga dalildir. Agar tuyalar ajamiy tuyalar ekanini ko‘rsa, Ajam diyoriga podshoh bo‘lishiga dalildir. Agar bir ayol biror tuya go‘shtini yeyayotganini ko‘rsa, podshohddn nozu ne’mat topishiga dalildir. Bilginki, tuyaning terisi ham pgu narsaga dalil bo‘ladi. Ta’birchilardan ba’zilarining aytishlaricha, bu tuya sohibasi va sohibi meros topadi. Tuyaning o‘zi bilan gaplashayotganini ko‘rsa, xayru manfaat topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda tuya ko‘rmoq, o‘n narsani bildiradi: ajam podshohini; amirni; bir mo‘’min odamni; selni; fitnani; obodonlikni; xotinni; Hajni; ne’matni; molni.
Arab tuyalari arab xalqiga, ajam tuyalari ajam xalqiga dalildir. Bilginki, tuyakash chora qiluvchini va viloyat egasini va ishlarni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi kishini bildiradi.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ