Tushda temir bo’yinbog’ yoki zanjir | Тушда темир буйинбог ёки занжир
TEMIR BO‘YINBOG‘ YOKI ZANJIR (G‘UL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘ul dinsizlikdir, unga moyillik nohaqlikdir. Agar tushida bo‘ynida g‘ul borligini ko‘rsa, iymonsiz o‘lishiga dalildir. Agar bo‘ynidagi g‘ul itning bo‘yinbog‘iga aylanganini ko‘rsa, munofiq bo‘lishiga dalildir. Agar tushida bo‘ynida g‘ul va oyog‘ida zanjir ko‘rsa, aslida dinsiz bo‘lib, zohirda musulmonlik da’vo qilishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘llarida g‘ul borligini ko‘rsa, baxilligiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Va yahudiylar derlar: Allohning qo‘li bog‘liqdur. Ularning qo‘llari bog‘lansin va la’nat bo‘lsin ularga shu so‘zlari uchun (Moida surasi, 64-oyat).
Bu yerda g‘uldan murod baxillikdir.
Ibn Abbos (raz.a.) ta’birchilarning so‘zlarini keltirishicha, yaxshi odam tushida bo‘ynida g‘ul borligini ko‘rsa, yomon ishdan qo‘l tortishiga dalildir.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2025
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ