Tushda tandir | Тушда тандир
TANDIR (TANUR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tandir tushda ulug‘lik va xonadorlikdir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, xona sohibasi bo‘ladi. Qo‘lida tandir borligini ko‘rsa, bu tandurustlik, xonadorlik ishlarining joyida bo‘lishiga dalolat qiladi. Tandir yiqilib, xarob bo‘lganini ko‘rsa, ranj, ofat, kasallik va xonadorlikka ofat yetishiga dalil bo‘ladi. Tandirda non pishirayotganini ko‘rsa, nonning mikdoriga qarab halol rizq topadi, ishlari yaxshi bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadi: Tandir ichida nursiz lag‘cha cho‘g‘ ko‘rsa, tandir ustidan esa olov shulalari chiqib tursa, tutun bo‘lmasa, BaytulMuqaddasga safar qilishi yoki Haj o‘tkazishiga dalolat qiladi. Alloh ta’olo aytadi: Bas, Muso qachonki, uning oldiga yetib kelgach, u muborak joydagi vodiyning o‘ng tara-fidan daraxtdan unga nido qilindi. . . (Qasos surasi, 30oyat). Ya’ni, bu Makka va Baytul-Muqaddasdir. Ba’zilarning aytishicha, xayru manfaat topadi.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda tandir ko‘rish ikki narsaga dalolat qiladi: birinchi — xayru manfaatga, xususan, tandir yangi bo‘lsa; ikkinchi — savlatli va haybatli erkakka.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2025
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ