Tushda kir | Тушда кир

Без рубрики

KIR (CHIRK) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida kir libosi borligini ko‘rsa, yomon ishlarga dalildir. Har kim libosini iflos narsa bilan bulg‘anganini ko‘rsa, uning diniy va dunyoviy ishlari buzulishiga dalildir. Agar libosning chirkinligi o‘liklar sababli bo‘lsa, dinining buzuqligi va dunyosining soz bo‘lishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushda boshi va tanidagi chirkinlik g‘amu anduhga dalolat qiladi. Tandagi chirkinlikda hech qanday xayru manfaat bo‘lmaydi.