Tushda buloq | Тушда булок
BULOQ (ChASHMA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi buloq suvi xushta’m va xush bo‘y bo‘lsa sahovatli, bahshida etuvchi rahbarni bildiradi.
Agar buloq suvi loyqa, iflos va noxush bo‘lsa g‘am, bemorlik va musibatga dalildir. Agar buloqdan mash qilayotganini ko‘rsa, g‘amdan qutilishiga dalildir. Agar buloq suvining ko‘payganini ko‘rsa, shu diyorda izzat, obro‘ va mardonalik ziyoda bo‘lishini bildiradi. Agar buloq suvining nuqson topganini ko‘rsa, ta’biri aksinchadir. Agar buloq suvining qurib qolganini ko‘rsa, bir oliyhimmat rahbarining bu diyordan rihlat qilishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida uning uyi yoki do‘konida buloq paydo bo‘lganini ko‘rsa, unga g‘amu anduh va yig‘i shu buloq suvining mikdori va kuchiga qarab yuz ko‘rsatadi. Suvni tez oquvchi va yoqimsiz holda ko‘rsa, g‘amu anduh og‘irroq kechadi.
Agar o‘sha buloq suvida yuzu qo‘lini yuvayotganini ko‘rsa, qul bo‘lsa ozod bo‘ladi, g‘amgin bo‘lsa g‘amdan qutuladi, bemor bo‘lsa shifo topadi, qarzdor bo‘lsa qarzidan qutuladi, gunohkor bo‘lsa tavba qiladi, Haj qilmagan bo‘lsa Haj qiladi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi buloq tush egasining umriga dalolat qiladi, bu esa buloqdagi suvning miqdoriga muvofiq bo‘ladi, xususan, bu suvga qo‘lini urayotgan bo‘lsa.
To‘xtab turgan suv ta’birda oqayotgan suvdan zaifdir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, to‘xtab turgan buloq suvi, yaxshilikka va dinning sozligiga dalil bo‘ladi. Agar oqayotgan bo‘lsa g‘amu anduhga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi buloq suvi besh narsani bildiradi: oliyhimmat rahbarni; g‘amu anduhni; musibatni; bemorlikni; umr va hayotni.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2021
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ