Tushda bilak | Тушда билак

Без рубрики

BILAK (SO’ID) Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar bilagida mo‘ylarning ko‘pligini ko‘rsa, do‘stlari undan judo bo‘lishi va g‘amga tushishlariga dalildir. Agar bilak qismidagi mo‘ylarni qirganini ko‘rsa, qarzdan qutilishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda bilak ko‘rish akauka, farzand yoki ishonchli do‘stni bildiradi. Agar bilagini kuchli ekanini ko‘rsa, ulardan foyda yetishiga dalildir. Buning aksini ko‘rsa, ulardan hech qanday foyda va manfaat yetmasligiga dalildir. Agar bilagini uzilib tushganini yoki kimdir uni qirqib yuborganini ko‘rsa, aka-ukasi, do‘sti yoki yaqinlaridan kimdir dunyodan o‘tishini yoki undan judolik istayotganini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda bilakni ko‘rish olti narsani bildiradi: aka-ukani; farzandni; hamkorlikni; do‘stni; amakivachchani; qo‘shnini.