Tushda ayiq | Тушда айик
AYIQ (XIRS) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ayiq pastkash va ahmoq dushman bo‘ladi. Agar tushida ayiq ustida o‘tirganini ko‘rsa, podshoh tomonidan xorlik ko‘rishiga dalildir. Agar tushida ayiqni o‘ldirganini ko‘rsa, dushman ustidan zafar topishiga dalil bo‘ladi. Agar ayiq go‘shtidan tanovul qilganini va terisini o‘zi bilan birga olib yurganini ko‘rsa, unga xavf yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi erkak ayiq badbaxt va devona kishiga dalildir. Moda ayiq esa yuqoridagi shaklli va xislatli ayolni bildiradi. Agar tushida moda ayiqni tutib olganini ko‘rsa, bayon qilingan sifatli ayolga uylanishiga dalildir. Agar erkak ayiqning uyga kirib kelganini tush ko‘rsa, yuqorida tavsif qilingan erkakning uyiga kelishini bildiradi. Ayiq ko‘rmoq barcha holatda ham yaxshi emasdir.
Android Dasturlar
-Saytning apk dasturi-Turk serali dasturi.apk
-Valyuta Hisoblagich.apk
-Hind Serali voqealar rivoji.apk
-Yuklamalar Ombori
-Orginal Mp3 lar
-Aralash rasmlar + 9 000
-Kitoblar | Referatlar | Darsliklar
- Namoz vaqtlari 2025
-ESET NOD32 Bazasi
-Sever.UZ