Tushda Banan korsa

Tushda Tushda ko’rilgan banan saqlangan molga, xoli bor bolaga, qamoqdagi insonga, o’tmish xabarlari yozilgan yoki kitoblarga ishora. Shuningdek,u kiyimga ham ishoradir. Banan po’chog’ini ko’rsangiz, pullaringizdan umidingizni uzishingiz mumkin.

Tushda Bambuk korsa

Tushingizda bambuk daraxtini ko’rsangiz, o’ngingizda qiyinchilik va muammolarga duch kelasiz. Uning shoxini sindirsangiz muammolarni hal qilasiz. Agar uning shoxidan hassa yasab olsangiz, barcha qiyinchiliklar ortda qoladi.

Tushda Baliqchi, baliq sotuvchi korsa

Tushda qovurilgan baliq sotuvchisini ko’rish xusumat, g’am-qayg’u, mashaqqatdan so’ng yingillikka dalolat. Tirik baliq sotuvchisini ko’rish halol mol, ilimdan dalolat. Yana xiylakorlik sirlarning oshkor bo’lishiga ishora.

Tushda Baliq korsa

Tushda ko’rilgan baliqlar ko’p bo’lsa, mol-davlatdir. Kim daryoda ko’p baliqlar to’planib turganini, o’zi xohlagandek tortib olayotgani yoki tanavvul qilayotganini ko’rsa, olgan baliqlari miqdoricha ko’p mol-davlatga ega bo’ladi.

Tushda Balg`am korsa

Tushda U tushda o`smaydigan moldir.U boylikdir. Kasal odam balg’am qayt qilsa, shodlik va shifoga erishadi. Kim balg’am tupursa, qiyinchilik vaqtida pulidan infoq qiladi.

Tushda Balchiqli loy korsa

Kimki tushida balchiqli loydan yursa, unga keladigan g’am-tashvish, mashaqqatlarga ishora. Agar bemor balchiqli loyni ko’rsa, kasali uzoq davom etadi. U balchiqli loydan chiqsa kasalidan ham qutiladi.

Tushda Bahs korsa

Tushda ko’pchilik orasida bo’layotgan bahsda ishtirok etsangiz, o’ngingizda qarindoshlaringiz bilan kelishmovchilik bo’ladi.

Tushda Badbashara.

Tushda Tushingizda sizni badbashara qilib qo’yishganini ko’rsangiz va bundan qo’rqib ketsangiz, o’ngizga yaqin odamingiz bilan munosabatlaringiz tushunarsiz va umidlaringiz puch bo’lishi mumkin. Agar qiz bolaga tushida badbashara odam sovchi qo’ysa, […]

Tushda Badan

Semiz va kuchli badan dinu iymonning quvvatidir. Kim badanini ilon jasadiga o’xshagan holda ko’rsa, berkitgan adovati oshkor bo’ladi. Kimning jasadi temir yoki sopoldan bo’lib qolsa vafot etadi. Agar tanasida zararsiz […]

Tushda Babr korsa

Babr sherning dushmani bo’lib, uni tushda ko’rish baquvvat dushmandan ishora. Babrning po’sti, suyagi va sochi molu dunyo bo’ladi.