Tushda Bog’-bo’ston korsa

U xotinga dalolat. Bog’ daraxtlari xotinning qavmu qarindoshlari, bolasi va molidir. Ba’zan jannat va uning ne’matlariga ishora. Shuningdek, bog’ bozorga, to’yxonaga, uning daraxtlari esa to’yxona dasturxoniga, mevasi taomlariga yo’yiladi.

Tushda Bog`bon

Tushda U tushda insonlarni ayollarga va ularni yaxshi ko`rishga chaqiradigan kishilardir. Shuningdek, tushda uni ko`rish rabotlar, madrasa, jome’ masjidlari, cherkovlar, xursandchilik lar va foydalarga dalolat qiladi.

Tushda Bodom korsa

Bodom tushda ilm va shifodir. Agar bodom po’sti bilan bo’lsa yoki biror kishi unga bersa, xasis erkakdan biror narsa oladi.

Tushda Bodiring korsa

U tushda g’am-tashvishdir. Kim tushida uni yesa, o’ziga qiyin ishga harakat qiladi, xususan, sariq bodiring bo’lsa. Bodiring ba’zan rizq, ba’zan kasallik. Agar kishi bodringni turgan holda ko’rsa, uning ishi yurushmaydi. […]

Tushda Bobo korsa

Tushingizda agar bobongiz bilan bir dasturxonda o’tirgan bo’lsangiz, umringiz uzoq bo’lar ekan. Bobongiz sizga qandaydir sovg’a bersa, o’ngingizda qarindoshingizdan sizga meros tegadi.

Tushda Bo’yinbog’ korsa

U mutelikka ishora. Tushingizda bo’yinbog’ bog’layotgan bo’lsangiz, o’ngingizda, bemor bo’lasiz. Agar uni yichib qo’ysangiz, yaxshilikka tabir qilinadi.

Tushda Bo’y uzunligi korsa

Kimki tushida bo’yi o’sganini ko’rsa ilmi va boyligi ortadi. Agar tush sohibi podshoh bo’lsa, sultonligi kuchayadi. Agar savdogar bo’lsa, tijoratda foyda ko’radi. Bo’yi haddan ziyod o’sgan bo’lsa, vafoti yaqinlashgan bo’ladi […]

Tushda Bo’taloq korsa

U tushda fayzli farzanddir. Kimning tushida bo’talog’i bo’lsa, u bo’taloqdek durkun o’g’il farzand ko’radi. Bir rivoyatda bo’taloq va har qanday hayvonning kichik bolasini ushlash g’am-tashvish, xafalikka dalolat qiladi, deyilgan.

Tushda Bo’ron korsa

Tushingizda bo’ron turgan bo’lsa-yu, siz uni xavfsiz joydan kuzatib turgan bo’lsangiz, o’ngda do’stingiz tashvishini aytadi, siz unga yordam berasiz. Agar bo’ronda qolgan, ammo qo’rqmayotgan bo’lsangiz, o’ngda hayot sinovlaridan omon-eson o’tasiz.Tushda […]