Tushda Soatlar korsa / Тушда Соатлар корса /

S

Soatlar

Tushingizda qadimiy soatlarga qarayotganlik — kelajakda sizning o’tmishdagi xatolaringizdan qattiq pushaymon bo’lishingizni bildiradi. Balki bu tushda sizning ajdodlaringiz qilgan xatolari uchun xijolat bo’lishingiz alomatidir. Devor soatining tushga kirishi — kelgusida oldingizda butun hayotingizni tubdan o’zgartirib yuboradigan nimadir turganligini bildiradi. Agar tushingizda qo’l soatini ko’rsangiz, bunday tush o’ylab qo’yganlaringizni ro’yobga oshirish uchun vaqtingiz yetmasligini ayon etadi. Ehtimol, siz yashayotgan davlat raxbari o’z islohot va loyihalarini amalga oshirishga ulgurmasligini bildiradi. Tushda siferblati yo’q soatdan vaqtni aniqlashga urinayotganlikni ko’rish — yomon alomat. Siz bilan ro’y beradigan voqealar odatdagiga o’xshamaydi va shuning uchun ham sizning qattiq kayfiyatingizni buzadi. Soat chiqillashini tushda eshitish — yaqinlaringizdan biri sizning yordamingizga juda muhtojligidan shoxidlik beradi. Qancha tez yordam ko’rsatilsa, shunchalik yaxshi bo’ladi.