Tushda zulm qilish | Тушда зулм килиш

Без рубрики

ZULM QILISh (ZULM KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda o‘ziga zulm qilinganini ko‘rsa, zulm qiluvchiga nisbatan zafar topishiga dalildir. Agar tushida o‘zi biror kishiga zulm qilganini ko‘rsa, o‘sha kishi buning ustidan g‘alaba qilishiga dalildir. Agar podshoh o‘ziga zulm qilganini ko‘rsa, podshoh unga muhtoj bo‘lishiga dalildir. Agar o‘zini podshohga zulm qilganini ko‘rsa, podshoxdan zarar tortishiga dalildir.
Ismoil Angas (r.a.)ning aytishicha, bir ulug‘ odam tushida bir bechoraga zulm qilganini ko‘rsa, o‘sha bechorani o‘zidan quvishiga dalildir. Agar xoja o‘z quliga zulm qilganini ko‘rsa, xojadan qulga ofat va qiyinchilik yetishiga dalildir.