Tushda vodiy| Тушда водий

Без рубрики

VODIY (RUDBOR) Rudbor deb vodiy (sersuv joy)ni aytadilar. Tushida vodiyga tushib qolganini ko‘rsa, g‘amu anduhga giriftor bo‘lishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, vodiydan chiqib ketganini ko‘rsa, g‘amu anduhdan qutilishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi vodiy Hajni bildiradi.
Alloh ta’olo aytadi: Ey, Rabbimiz! Men zurriyotimdan (bir qismini — o‘g‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayting huzuridagi ekin o‘smaydigan bir vodiyga joylashtirdim. . . (Ibrohim surasi, 37-oyat).
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi vodiy she’r aytishga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Shoirlarga yo‘ldan ozganlar ergashurlar. Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko‘rmadingizmi?! (Shuaro surasi, 224 —225-oyatlar).
IZOH: Bu oyatlardagi shoirlardan murod o‘sha davrdagi yomon niyatli, laganbardor, yolg‘on to‘quvchi maddoh shoirlardir. Ammo yaxshi shoirlar to‘g‘risida Muhammad alayhissalomdan qator hadislar borki, ularda she’r hikmatdan xoli bo‘lmasligi, shoirlar o‘z qalamlari bilan qilich qilaolmaydigan ishlarni bajarishlari mumkinligi va boshqa fazilatlarini bayon qilganlar.