Tushda uzukning ko’zi | Тушда узукнинг кузи

Без рубрики

UZUKNING KO‘ZI (NIGINI ANGUSHTARIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi uzuk ko‘zi sharaf, ulug‘lik va boylik bo‘ladi. Ba’zilarning aytishicha, farzand bo‘ladi. Tushida uzugidagi ko‘z yo‘qolib qolsa ulug‘lik va obro‘yida nuqson paydo bo‘ladi yoki farzandi o‘ladi. Tushida uzugining ko‘zi sinib qolganini ko‘rsa, u ham yuqoridagiga dalildir. Agar tushida uzugida birdaniga boshqa ko‘z paydo bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha ko‘zning qimmatiga muvofiq ne’mat topishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi uzuk ko‘zi va toj podshohlar uchun ulug‘lik, ayollar uchun er, oddiy odamlar uchun izzat va ezgulik bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi uzuk ko‘zi sakkiz narsaga dalildir: xotinga; molga; viloyatga; ayshga; farzandga; ulug‘likka; molu ne’matga; amalga.