Tushda ustun | Тушда устун

Без рубрики

USTUN (SUTUN) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi ustun davlat va iqboldir. Agar ustuni borligini va bu ustun baquvvat ekanini ko‘rsa, moldor kishidan qadr, ne’mat va mol hosil qilishiga dalildir.
Agar ustuni singanini yoki yonib ketganini ko‘rsa, o‘sha kishi dunyodan ketishiga dalildir.
Kirmoniyning aytishicha, tushdagi ustun uy sohibi va islomdir. Agar ustuni borligini va u baquvvat ekanini ko‘rsa, din yo‘lida sobitqadam bo‘lishiga dalildir.
Jobirning aytishicha, tushdagi ustun uy egasini bildiradi.
Agar uy ustuni sinsa yoki yiqilsa xona egasining halok bo‘lishiga dalildir. Agar uy ustunini baquvvat holda ko‘rsa, xona sohibining quvvati va iqboli ziyoda bo‘lishiga dalildir.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ustun beshta narsani bildiradi: davlat egasini; islomda hukm chiqarishni; ulug‘ o‘likni; ishlarda baquvvatlikni; ko‘rgan yeridagi odamlarga hokim bo‘lishni.